“Geologiya vaziri kubogi” uchun sport musobaqalari oʻtkaziladi
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 16-iyundagi “Aholining jismoniy tayyorgarlik darajasini baholash tizimini joriy etishning tashkiliy chora-tadbirlari toʻgʻrisida” qarori, soha xodimlarida sogʻlom turmush tarzi koʻnikmalarini shakllantirish maqsadida joriy yilning 29 – 30-sentyabr kunlari Boʻstonliq tumanidagi “Geolog” oromgohida futbol boʻyicha “Geologiya vaziri kubogi” va badminton, shaxmat, stol tennisi boʻyicha sport musobaqalari oʻtkaziladi. Musobaqalarda Togʻ-kon sanoati va geologiya vazirligining tizimosti korxona hamda tashkilotlarining xodimlari ishtirok etishlari mumkin. Gʻolib va sovrindorlariga qimmatbaho sovgʻalar topshiriladi. | |
|
| |
| Ko‘rildi: 120 | |
| Barcha izohlar: 0 |