"Kitob geologiya milliy tabiat bog‘i" DM Direktori:

     Abdiyev Nuriddin Xaydarovich - 1986-yilda Qashqadaryo viloyati Kitob tumani ishchi oilasida tugʻilgan, millati oʻzbek. Maʼlumoti oliy-magist. 2008-yilda Mirzo Ulugʻbek nomidagi Oʻzbekiston Milliy universitetini bakalavriatini “Geologiya” yoʻnalishi boʻyicha, 2010-yilda esa shu universitetning magistraturasini “Paleontologiya va stratigrafiya” yoʻnalishi boʻyicha tugatgan. Oilali, 5 nafar farzandi bor.
 

     N. Abdiyev oʻzining doimiy mehnat faoliyatini 2010-yilda magistratura oʻqishini tugatib, 2010-2017-yillarda, “Kitob geologiya milliy tabiat bogʻi” Davlat muassasasida injener paleontolog, paleontolog lavozimida, 2017-yil 1-maydan bosh ilmiy xodim, 2018-yil 5-iyuldan geologiya sektori boshligʻi, 2020-yil 1-yanvardan geologiya boʻlimi boshligʻi, 2020-yil 5-oktyabrdan Ilmiy-ishlar boʻyicha direktor oʻrinbosari lavozimida, 2022-yil 6-iyuldan Kitob geologiya milliy tabiat bogʻi direktori lavozimida ishlab kelmoqda.


     2019-2022-yillarda geologiya va turizm yoʻnalishlarida 7 ta ilmiy maqolasi Oʻzbekiston va xorijiy mamlakatlarda (Qozogʻiston, Rossiya, Polsha) chop etilgan va geologiya tabiat bogʻining geologik obyektlarini xalqaro miqyosda targʻib qilib, ilmiy turizm sohasiga oʻziga xos hissa qoʻshgan.


     2010-yildan hozirgi kunga qadar mehnat faoliyatini davomida, bir qancha Davlat geologiya qoʻmita va muassasa tomonidan tashkil qilingan semenar, simfozium, trening, konferensiya, yigʻilishlarda faol ishtirok etgan