
Geologiya tabiat bog‘ida sayyohlar uchun mavjud shart sharoitlar
Geologiya tabiat bog‘ining umumiy maydoni 3938 gektar bo‘lib, shundan 400 gektar hudud estetik dam olish maqsadida rekreatsion zona sifatida ajratilgan.
Geologiya tabiat bog‘ida 45 o‘rinli hostel standartlariga javob beradigan 3 ta Hostel mavjud bo‘lib, 2021-yilda 1 va 3 hostel joriy ta’mirdan chiqarildi.
Geologiya tabiat bog‘ida joylashgan oshxona 70 o‘ringa mo‘ljallangan bo‘lib, 2021-yilda kapital ta’mirdan chiqarildi.
Geologiya tabiat bog‘ida joylashgan geo va ekoturistik obyektlar bo‘ylab ikki xil yo‘nalishda turmarshrutlar ishlab chiqilgan.
Hududda tashrif buyuruvchi sayyohlar uchun eshak va otda sayr qilish, tabiat qo‘ynida estetik dam olish, muzeylarga tashrif buyurish kabi qo‘shimcha xizmatlar tashkil qilingan.
2019-yildan bugunga qadar biz UNESCO bilan hamkorlik qilmoqdamiz va kelajakda Kitob geologiya milliy tabiat bog‘i negizida UNESCO geoparkini tashkil qilish bosh maqsadimiz.
Kitob geologiya milliy tabiat bog‘ining geoturistik marshrutlari
| Birinchi martshrut |
![]() |
|
Tavsif: 1. Ma’muriy bino (litologik, paleontologik, biologik muzey-lar)
2. Qadimiy zarafshon Archasi (taxminan 700 yoshli)
3. Panorama maydoni (ushbu yerdan geologiya tabiat bog‘ining go‘zalligini kuzatish mumkin)
4. Zinzilban kesmasining boshlanishi
5. Xalqaro etalon. Quyi ems chegarasi (GSSP)
Birinchi marshrutning umumiy uzunligi ~5 km. Piyoda, otda va avtomobilda (qisman) harakatlanish mumkin. |
| Ikkinchi marshrut |
![]() |
|
Tavsif: 1. Xo‘ja qo‘rg‘on kesma-sining boshlanishi. Silur devon chegarasi.
2. Sharshara, tushlik darasi, darvesh siymosi.
3. “Kitob” obyekti.
4. Tog‘ burmalari (skladka).
5. G‘or obyekti.
Ikkinchi marshrutning umumiy uzunligi ~6 km. Piyoda, otda va avtomobilda (qisman) harakatlanish mumkin. |
"Kitob geologiya milliy tabiat bog‘i"ga estetik dam olish maqsadida tashrif buyurmoqchi bo‘lsangiz quyidagi telefon raqamlariga aloqaga chiqing:
1. +998 97 799-66-33 (Alisher)
2. +998 88 383-85-15 (Abdulhomid)

